«quyosh fotoelektr stansiyasi» tegli maqolalar


Xorazmda Fransiyaning Voltalia kompaniyasi quyosh fotoelektr stansiyasini quradi
1 mart 2024, 16:25

Xorazmda Fransiyaning Voltalia kompaniyasi quyosh fotoelektr stansiyasini quradi

Shavkat Mirziyoyev va Fransiyaning Voltalia kompaniyasi bosh direktori To‘proqqal’a tumanida quvvati 100 MVt bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyasi qurilishini boshladi. Yiliga 254 mln kVt/soat elektr energiyasi ishlab chiqariladi, bu esa viloyatdagi elektr energiyasining 11 foizini qoplaydi.

Masdar Qashqadaryoda quyosh elektr stansiyasini qurish bo‘yicha tenderda g‘olib chiqdi
24 may 2023, 19:56

Masdar Qashqadaryoda quyosh elektr stansiyasini qurish bo‘yicha tenderda g‘olib chiqdi

Qashqadaryoda quvvati 300 MVt bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyasini qurish va foydalanish bo‘yicha o‘tkazilgan tenderning dastlabki g‘olibi e’lon qilindi. FES BAAning Masdar kompaniyasi tomonidan barpo etiladi.

Qashqadaryo va Buxoroda quvvati 500 MVt bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyalari quriladi
28 aprel 2023, 11:30

Qashqadaryo va Buxoroda quvvati 500 MVt bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyalari quriladi

Qashqadaryo va Buxoro viloyatlarida har birining quvvati 500 MVt bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyalarini qurish bo‘yicha Xitoy kopmaniyasi bilan bitimlar imzolandi.

Toshkent viloyatida poytaxtni elektr bilan ta’minlash uchun 4 ta quyosh FES quriladi
23 mart 2023, 18:30

Toshkent viloyatida poytaxtni elektr bilan ta’minlash uchun 4 ta quyosh FES quriladi

Poytaxtning elektr energiyasiga bo‘lgan 75 foizlik talabini qondirish maqsadida Toshkent viloyatida umumiy quvvati 2400 megavatli 4 ta quyosh fotoelektr stansiyasi barpo etiladi. Ularning 3 tasi Xitoy kompaniyalari ishtirokida quriladi.

Toshkent va Samarqandda umumiy quvvati 1 400 MVt bo‘lgan ikkita quyosh fotoelektr stansiyasi quriladi
6 mart 2023, 11:04

Toshkent va Samarqandda umumiy quvvati 1 400 MVt bo‘lgan ikkita quyosh fotoelektr stansiyasi quriladi

Toshkent va Samarqand viloyatlarida umumiy quvvati 1 400 MVt bo‘lgan ikkita quyosh fotoelektr stansiyasi, Toshkent, Buxoro hamda Samarqand viloyatlarida umumiy quvvati 1 200 MVt bo‘lgan uchta energiya saqlash tizimlari quriladi.

Xitoy hamkorligida yana ikki viloyatda 2000 MVtga teng quyosh fotoelektr stansiyalari quriladi
20 fevral 2023, 18:03

Xitoy hamkorligida yana ikki viloyatda 2000 MVtga teng quyosh fotoelektr stansiyalari quriladi

Energetika vazirligi Jizzax va Toshkent viloyatlarida umumiy quvvati 2000 MVtga teng bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyalarini qurish bo‘yicha Xitoyning ikki kompaniyasi bilan hamkorlik haqida kelishuv imzoladi.

Xitoyning CEEC kompaniyasi O‘zbekistonning uchta hududida umumiy quvvati 2 GVt bo‘lgan quyosh FESlarini quradi
15 fevral 2023, 20:23

Xitoyning CEEC kompaniyasi O‘zbekistonning uchta hududida umumiy quvvati 2 GVt bo‘lgan quyosh FESlarini quradi

Xitoyning China Energy Engineering Corporation kompaniyasi Qashqadaryo, Buxoro va Samarqand viloyatlarida umumiy quvvati 2 GVt bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyalarini quradi. Ularning birinchisi shu yil oxirigacha ishga tushirilishi kutilmoqda.

Sirdaryoda 1,3 MVt quvvatga ega fotoelektr stansiyasi ishga tushirildi
3 fevral 2023, 18:02

Sirdaryoda 1,3 MVt quvvatga ega fotoelektr stansiyasi ishga tushirildi

Sirdaryo IESda quvvati 1,3 MVt bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyasi ishga tushirildi. Bu esa qo‘shimcha 2,3 mln kVt/soat elektr energiyasi ishlab chiqarish hamda yiliga 750 ming kub metr tabiiy gazni tejash imkonini beradi.

Vazirlar Mahkamasi binosida quvvati 630 kVt bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyasi ishga tushirildi
11 noyabr 2022, 17:24

Vazirlar Mahkamasi binosida quvvati 630 kVt bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyasi ishga tushirildi

Toshkent markazida joylashgan Vazirlar Mahkamasi binosida quyosh fotoelektr stansiyasi ishga tushirildi. Uning quvvati 630 kVtga teng. Stansiya Vazirlar Mahkamasi binosini kunduz kuni to‘liq elektr energiyasi bilan ta’minlaydi.

O‘zbekistonda ikkinchi eng yirik quyosh fotoelektr stansiyasi ishga tushirildi
24 may 2022, 15:47

O‘zbekistonda ikkinchi eng yirik quyosh fotoelektr stansiyasi ishga tushirildi

Samarqand viloyatining Nurobod tumanida mamlakatdagi ikkinchi eng yirik (100 MVt) quyosh fotoelektr stansiyasi ishga tushirildi va yagona tarmoqqa quvvat uzatishni boshladi. Bu bilan yiliga 78 mln kub metr tabiiy gaz tejaladi (mamlakat aholi xonadonlarining 10 kunlik iste’moli) va 80 mingdan ortiq xonadon elektr energiyasi bilan ta’minlanadi.

Xitoy kompaniyasi Farg‘onada texnopark va quyosh elektr stansiyasi qurishni rejalashtirmoqda
7 dekabr 2021, 17:43

Xitoy kompaniyasi Farg‘onada texnopark va quyosh elektr stansiyasi qurishni rejalashtirmoqda

Xitoy kompaniyasi Farg‘ona viloyatida 25 gektar maydonda innovatsion texnopark hamda 350 mln dollar investitsiya hisobiga 500 gektar yerda quyosh fotoelektr stansiyasi barpo etishni rejalashtirmoqda. Stansiyada ishlab chiqarilgan elektr energiyasi texnoparkda joylashtiriladigan xorijiy korxonalarni ta’minlashga yo‘naltiriladi.

O‘zbekistonda uchta quyosh elektr stansiyasini qurishga 15 ta xalqaro kompaniya qiziqish bildirdi
30 noyabr 2021, 17:36

O‘zbekistonda uchta quyosh elektr stansiyasini qurishga 15 ta xalqaro kompaniya qiziqish bildirdi

Energetika vazirligi uchta quyosh fotoelektr stansiyasini qurish bo‘yicha tenderning ilk bosqichida 15 ta xalqaro kompaniyadan ariza kelib tushganini ma’lum qildi. Loyiha Namangan, Buxoro va Xorazm viloyatlarida umumiy quvvati 500 MVtgacha bo‘lgan stansiyalarni qurishni nazarda tutadi.

500 MVt quvvatli uchta quyosh fotoelektr stansiyalarini qurish bo‘yicha tender e’lon qilindi
8 sentabr 2021, 15:50

500 MVt quvvatli uchta quyosh fotoelektr stansiyalarini qurish bo‘yicha tender e’lon qilindi

Energetika vazirligi Namangan, Buxoro va Xorazm viloyatlarida umumiy quvvati 500 MVtga teng bo‘ladigan uchta fotoelektrostansiyalar qurish bo‘yicha tenderni e’lon qildi.

Karmanada quvvati 100 MVt bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyasi ishga tushirilmoqda
27 avgust 2021, 12:44

Karmanada quvvati 100 MVt bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyasi ishga tushirilmoqda

Navoiy viloyati Karmana tumanida quvvati 100 megaVatt bo‘lgan zamonaviy quyosh fotoelektr stansiyasi ishga tushirilmoqda. Bu yerda yiliga 252 million kiloVatt-soat elektr energiyasi ishlab chiqariladi. Buning hisobidan 80 million kub metr tabiiy gaz tejalib, atmosferaga 160 ming tonna bug‘lanuvchi gazlar chiqishining oldi olinadi.

Masdar bilan ikkita quyosh elektr stansiyasini qurish bo‘yicha shartnomalar imzolandi
12 iyul 2021, 16:17

Masdar bilan ikkita quyosh elektr stansiyasini qurish bo‘yicha shartnomalar imzolandi

Masdar kompaniyasi bilan Samarqand va Jizzax viloyatlarida har biri 220 MVt quvvatga ega ikkita fotoelektr stansiyasini qurish bo‘yicha loyiha shartnomalari imzolandi. Qurilish 2022 yilning birinchi choragida boshlanadi.

Masdar Surxondaryoda fotoelektr stansiyasini qurish uchun eng jozibador tarifni taklif qildi
16 may 2021, 01:50

Masdar Surxondaryoda fotoelektr stansiyasini qurish uchun eng jozibador tarifni taklif qildi

Amirlikning Masdar Surxondaryoda quriladigan fotoelektr stansiya qurilishi bo‘yicha o‘tkazilgan tenderda eng jozibador tarifni bildirdi. Tender g‘olibi bo‘ladigan investor shuningdek, 200 kV bo‘lgan yangi podstansiya hamda 52 km uzunlikdagi elektr o‘tkazuvchi liniyani qurishi lozim bo‘ladi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting